Facebook

Facebook Page'ingizni Gapex'ga ulang va commentlarni AI yordamida boshqaring

Umumiy ma’lumot

Facebook Page’ingizni Gapex’ga ulab, postlaringizdagi commentlarni AI yordamida boshqaring, javob yozing va auditoriya bilan aloqani yaxshilang.


Talablar

Ulashdan oldin quyidagilar tayyor bo’lishi kerak:

  • Facebook Page (Business yoki Community)
  • Siz shu Page’ning Admin‘i bo’lishingiz kerak

Oddiy shaxsiy profil ulanmaydi. Faqat Facebook Page ishlaydi.


1. Facebook Page yaratish

Agar Facebook Page’ingiz allaqachon bo’lsa, bu bo’limni o’tkazib yuboring va 2. Gapex’ga ulash ga o’ting.

1-qadam: Page yaratish sahifasini oching

Brauzerda facebook.com/pages/create sahifasiga o’ting. Page nomi, Kategoriya va tavsifni kiriting. So’ng Create Page tugmasini bosing.

Facebook Page yaratish

2-qadam: Page sozlamalarini yakunlash

Kontakt ma’lumotlari, manzil va ish vaqti ni kiriting. Next tugmasini bosing.

Sozlamalarni yakunlash

3-qadam: Page ni sozlash

Profil rasmi va Cover Photo qo’shing. Next tugmasini bosing.

Page sozlash

4-qadam: WhatsApp ulash (ixtiyoriy)

WhatsApp raqamingizni ulashingiz yoki Skip tugmasini bosib o’tkazib yuborishingiz mumkin.

WhatsApp ulash

5-qadam: Do’stlarni taklif qilish (ixtiyoriy)

Do’stlaringizni Page’ga taklif qilishingiz yoki Next ni bosib o’tkazib yuborishingiz mumkin.

Auditoriya yaratish

6-qadam: Xabardor bo’lish

Bildirishnoma sozlamalarini belgilang va Done tugmasini bosib yakunlang.

Xabardor bo'lish

7-qadam: Facebook Page tayyor

Yangi Facebook Business Page’ingiz tayyor!

Yangi Business Page

2. Gapex’ga ulash

8-qadam: Gapex’ga kiring

gapex.ai sahifasiga o’ting va hisobingizga kiring.

9-qadam: Hisob qo’shish

Chap paneldagi Accounts bo’limiga o’ting va + Add account tugmasini bosing.

10-qadam: Facebook’ni tanlang

Platformalar ro’yxatidan Facebook’ni tanlang va Continue with Facebook tugmasini bosing.

11-qadam: Facebook orqali ruxsat berish

Facebook login sahifasi ochiladi:

  1. Facebook’ga kirish: Email va parolingizni kiriting va tizimga kiring
  2. Ruxsatlarni tasdiqlash: Gapex quyidagi ruxsatlarni so’raydi:
    • Page postlarini ko’rish
    • Page commentlarini boshqarish
    • Page ma’lumotlarini o’qish
  3. Ruxsatlarni ko’rib chiqib, Continue tugmasini bosing

12-qadam: Page tanlang

Boshqarayotgan Facebook Page’laringiz ro’yxati chiqadi. Kerakli Page’ni tanlang va Connect tugmasini bosing.

13-qadam: Tayyor!

Facebook Page’ingiz Gapex’ga muvaffaqiyatli ulandi. Endi dashboardda postlaringiz va commentlaringizni ko’rishingiz mumkin.


Keyin nima bo’ladi

Ulangandan so’ng, Gapex avtomatik ravishda quyidagi jarayonlarni boshlaydi:

  1. Post sinxronlash — Facebook Page postlaringiz Gapex dashboardida paydo bo’ladi.
  2. Comment monitoring — Tizim har 5 daqiqada yangi commentlarni tekshiradi.
  3. AI taklif tizimi — Gapex post kontekstiga asoslangan javob takliflarini yaratadi.

Sozlamalar

Page xatti-harakatini Akkaunt sozlamalari da sozlang:

Avtomatik javob sozlamalari

  • Avtomatik javobni yoqish: Ishonch ballingizga mos AI javoblarini avtomatik joylash.
  • Joylashdan oldin tekshirish: Javoblarni jonli efirga chiqishdan oldin qo’lda tasdiqlash uchun ushlab turish.

Comment filtrlari

  • Comment filtri: Barcha commentlarni yoki faqat javobsizlarini sinxronlash.

Muammolarni hal qilish

“Facebook Page ko’rinmayapti”

Muammo: Page tanlash oynasida hech qanday Page ko’rinmaydi. Yechim: Siz shu Page’ning Admin‘i ekanligingizni tekshiring. Faqat Admin huquqiga ega foydalanuvchilar Page’ni ulashi mumkin.

“Commentlar ko’rinmayapti”

Muammo: Dashboardda commentlar paydo bo’lmayapti. Yechim: Commentlar har 5 daqiqada sinxronlanadi. Biroz kuting. Postda hech qanday comment bo’lmasa, bo’sh ko’rinadi.

“Token muddati tugagan”

Muammo: Sessiya muddati tugagan yoki ruxsatlar bekor qilingan. Yechim: Akkaunt sozlamalarida Disconnect tugmasini bosing va qaytadan ulash jarayonini boshlang.


Maxfiylik va xavfsizlik

  • Parol talab qilinmaydi: Biz rasmiy Facebook OAuth’dan foydalanamiz. Parolingizni hech qachon ko’rmaymiz.
  • Cheklangan kirish: Gapex faqat Facebook Page ma’lumotlariga kiradi. Shaxsiy profilingizga kira olmaydi.
  • Bekor qilish mumkin: Gapex’ning kirishini istalgan vaqtda Facebook Settings → Business Integrations orqali bekor qilishingiz mumkin.

Ko’p so’raladigan savollar

S: Bir nechta Facebook Page ulash mumkinmi? J: Ha! Har bir Page uchun “Add Account” jarayonini takrorlang.

S: Commentlarni o’chirish mumkinmi? J: Ha, Gapex orqali commentlarni ko’rish, javob yozish, yashirish va o’chirish mumkin.

S: Page’ni qanday uzish mumkin? J: Settings → akkaunt yonidagi Disconnect tugmasini bosing.


Cheklovlar

  • Admin huquqi: Faqat Page Admin’i akkauntni ulashi mumkin.
  • Sinxronlash vaqti: Commentlar har 5 daqiqada sinxronlanadi, real vaqtda emas.
  • Shaxsiy profil: Oddiy Facebook profil ulanmaydi, faqat Page ishlaydi.